01 iyu 09:14
Yangiliklar
Boks/MMA

"Pyotr Yan haligacha vazndagi eng xavfli jangchilardan biri" - O’Melli
UFC sobiq chempioni SHon O’Melli rossiyalik sobiq chempion Pyotr Yan haqida fikr bildirdi.
"Yan — hali ham bu vazndagi eng xavfli jangchilardan biri. Merab esa g'alaba qozonish bo'yicha eng yaxshi jangchilardan biri. Ammo Pyotr Yan senga tirsaklari bilan zarba beradi, nokaut qiladi, shikastlaydi, o'lguningcha do'pposlaydi. Abu-Dabidagi jangimizdan oldin u menga "seni eb qo'yaman" mazmunida gaplar aytgandi.
O'sha paytda men reytingda 11-o'rinda edim, u esa birinchi. Bu aqlbovar qilmas daraja edi. O'sha paytda 2-o'rindan 10-o'ringacha bo'lgan jangchilar bir-birlari bilan jang qilardi. Petr Yan esa Pedro Munos bilan jangdan keyingi yagona variant edi. O'shanda men "Ha, bu men uchun imkoniyat" degandim", - dedi O’Melli.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar