05 mar 17:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Pyotr Yan: "O’Melliga qarshi jangda mendan g'alabani o'g'irlashgandi"
UFC chempioni Pyotr Yan amerikalik SHon O'Melliga qarshi revansh jangini o'tkazish istagini bildirdi.
"Albatta, SHonni rejalarimga kiritaman. CHunki Oq uydagi turnirda amerikalik jangchi ishtirok etishi kerakligini tushunaman. Agar SHon sochlarini Amerika bayrog'i rangiga bo'yasa, u erda jang qilish imkoniyati yanada oshadi.
Unga eski qarzni qaytarish qiziq bo'lardi. Birinchi jangda mendan g'alabani o'g'irlashgan deb hisoblayman, SHonni suniy ravishda g'alaba sari olib chiqishdi. SHuning uchun unga yaxshi “saboq” berishni istayman. UFC tizimini va katta janglar qanday tashkil etilishini tushunaman — SHon u erda kerak", — dedi Yan.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar