04 mar 19:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Pyotr Yan "Qizil maydon"da Nurmagomedovga qarshi jang qilishga tayyormi?
UFC chempioni Pyotr Yan "Qizil maydon"da bo'lishi mumkin bo'lgan UFC turnirida hamyurti Umar Nurmagomedovga qarshi jang qilishga tayyormi, degan savolga javob berdi.
— Tasavvur qil, sen Umarga qarshi "Qizil maydon"da?
— Birodar, Rossiyada chempion bor. "Qizil maydon"da boshqa mamlakat vakili bilan jang bo'lishi kerak. SHunda u shov-shuvli va global bo'ladi. Bir mamlakatning ikki jangchisi to'qnashsa, u qadar katta miqyosda bo'lmaydi, deb o'ylayman. Baribir hammasi UFC rejalariga bog'liq. Mening fikrim shu, — dedi Yan.
Havola :
Manba : The Ariel Helwani Show
Fikrlar