29 iyu 15:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Pyotr Yan - Umar Nurmagomedov bilan jangi haqida: "Bu menga nisbatan hurmatsizlik bo'lardi"
UFC sobiq chempioni Pyotr Yan Umar Nurmagomedov bilan jangga qiziqmasligini aytdi.
"Agar hozir Umar bilan jang tashkil qilinsa, bu menga nisbatan hurmatsizlik bo'lardi. Men ketma-ket uchta jangda g'alaba qozondim. Umar mehnat qilishi kerak, bir necha jangda g'alaba qozonib, qaytadan davogarlikka qaytishi lozim. Men hozircha faqat Merab va Kori jangi g'olibiga qiziqyapman", — dedi Yan “The Ariel Helwani Show” dasturida.
Havola :
Manba : The Ariel Helwani Show
Fikrlar