30 may 10:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Pyotr Yanning jangi rasman tasdiqlandi. U hamyurtlarimiz bilan bir oqshomda oktagonga chiqadi
O'ta engil vazn toifasi UFC reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan sobiq chempion Pyotr Yanning navbatdagi jangi rasman o'zi tasdig'ini topdi.
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi 26 iyul kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida tashkil etiladigan UFC turnirida oktagonga ko'tariladi. Uning raqibi kutilganidek, reytingning 13-pog'onasini egallab turgan amerikalik Markus MakGi bo'ladi. Ikki tomon ham jang shartnomasiga imzo chekkan.
Malumot uchun, 32 yoshli Pyotr Yan ikki g'alabali seriya bilan kelmoqda. U Song Yadong va Deyveson Figeredoni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan. 34 yoshli Markus MakGi esa UFC oktagonida 4 ta g'alabaga erishgan. Janglarning uchtasini muddatidan avval yakunlagan.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar