09 avg 19:55
Yangiliklar
Tokio-2020
Qahramonlar kelgunicha intervyu-taym + FOTO
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining uchinchi terminalida Tokio-2020 Olimpiadasi qahramonlarini tantanali kutib olish jarayoniga tayyorgarlik davom etmoqda.
Tokio shahridagi Narita xalqaro aeroportidan yo'lga chiqqan Boing-767 samolyoti 10-15 daqiqada Toshkentga etib keladi. Ayni paytda belgilangan hududda avvalroq Tokiodan qaytib kelgan sportchilar, murabbiylar va mutassadilardan intervyu olish jarayoni davom etmoqda.
Marosimni boshlovchilar Davron Fayziev va Nilufar Sotiboldieva olib boradi. O'zbekiston xalq artistlari Yodgor Sadiev, Ozodbek Nazarbekov, Yulduz Usmonova o'z chiqishlari bilan sportchilarimizni qutlashadi.
Suratlar muallifi - Jahongir Fayzullaev, o'z muxbirimiz
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar