22 avg 12:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Qahramonov jang qilgan UFC turnirining markaziy to'qnashuvida Kannone g'alaba qozondi
Las-Vegas shahrida UFC turniri o'z yakuniga etdi.
Turnirning markaziy jangida amerikalik ikki sportchi - Jared Kannone va Kelvin Gastelum o'zaro to'qnash keldi.
Jang to'liq davom etdi va unda har uchala hakam Kannone 48:47 hisobida g'alaba qozonganini qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, ushbu turnir doirasida o'zbekistonlik Saidyoqub Qahramonov amerikalik Trevin Jonsni muddatidan oldin mag'lubiyatga uchratdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar