14 iyu 08:25
Yangiliklar

Rasman: Jared Kannone raqamli turnirda oktagonga chiqadi + POSTER
Avval xabar berilganidek, amerikalik aralash yakkakurash ustasi UFC 319 turniri kardida jang o'tkazadi. Kannone yarimo'rta vazn reytingida 15-o'rinni egallab turgan britaniyalik Maykl Peyjga qarshi oktagonga chiqadi. Raqamlangan UFC 319 turniri 17 avgust kuni AQSHning Illinoys shtati CHikago shahrida bo'lib o'tadi. Ularning jangi o'rta vaznda o'tkaziladi.
Malumot uchun, Jared so'nggi jangida Las-Vegasda o'tgan UFC Fight Night 251 turnirida braziliyalik Gregori Rodrigesga qarshi oktagonga chiqib, raqibini to'rtinchi raundda texnik nokautga uchratgandi. Peyj esa Ar-Riyod mezbonlik qilgan UFC Fight Night 250 turniri doirasida rossiyalik SHara Bullet nomi bilan tanilgan SHarabutdin Magomedovni hakamlarning yakdil qarori evaziga mag'lub etgan edi.
Fikrlar