09 dek 13:08
Yangiliklar
Boks/MMA

"Qandaydir yapon kelib, shunchaki kamarni olib ketadi deb o'ylaganmidingiz? Bu daraja!" - Pantoja
Aleshandre Pantoja Kay Asakuraga qarshi jang haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bu UFC darajasi. Qandaydir yapon kelib kamarni shunchaki olib ketadi deb o'ylaganmidingiz? Yo'q.
Men bu usul borasida ko'p ishlaganman. Meni qo'llab turadigan ajoyib jamoam bor. Biz katta ish qildik. Agar Demetrius Jonson sportga qaytishni istasa, men uni kutaman", - dedi Pantoja
Eslatib o'tamiz, Pantoja kecha o'tkazilgan turnirda yaponiyalik Kay Asakurani mag'lub etib, eng engil vazn toifasidagi chempionlik kamarini himoya qildi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar