So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

19 mar 16:52
Yangiliklar

Tadbirlar

Qashqadaryoda Navro'z tantanalari yoxud sovringa qo'yilgan “Lasetti” va “Spark”! FOTOGALEREYA

Navro'z shodiyonalari yurtimizning barcha shaharu qishloqlarida, ovullarida shodu-xurramlik bilan davom etmoqda.

Xususan, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanining tog' yon bag'rida shoylashgan Qaynar qishlog'i adirliklarida Navro'z tantanalari har qachongidan-da shodumonlikda  o'tkazildi.

Erta tong, hali keksa Quyosh zaminga zarrin nurlarini yoymasdan burun, yoshu keksa sayilgoh tomon oshiqmoqda. Boisi, bugun bu qirlarda Navro'z bo'ladi, Navro'zda kurash bo'ladi, ko'pkari bo'ladi, polvonlar kurash tushib, kurashga oshiq odamlarning olqishini oladi. CHavondozlar ot o'ynatib, ko'pkariga kiradi, solimniyam zo'rini olib, elini orini orqalaydi. 

SHunday bo'ldi ham. Adirliklarda o'rnatilgan o'tovlar atrofida davra solib, Navro'zga atab momolar aytgan o'lan-laparlar, sahnada yangragan kuy-qo'shiqlar Navro'zga kelgan barcha-barchaning ko'nglini Quyosh misol yoritgani bor gap. Bir yonda darbozlar dor ustida raqsga tushayotgan bo'lsa, yana bir yonda arqon tortish. Bir so'z bilan aytganda qadriyatlar yana bir bor qadr topgan kun.

Qashqadaryo viloyati hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, tashkilot va korxonalar tashabbusi bilan o'tkazilgan mazkur tantana, ayniqsa, milliy sport turlarimiz sanalagan kurash va ko'pkari bilan yanayam jozibali bo'ldi. Minglab kurash shaydolari muxlisligida o'tgan kurash bahslarida g'oliblar qimmatbaho sovg'alarga ega chiqishdi. 

Mutloq g'oliblik uchun  o'tkazilgan bellashuvda g'uzorlik SHerali Jo'raev  kitoblik Kamol Xolmamatovni halol yiqitib, Prezident sovrini – “Spark” avtomobili sohibiga aylandi. Uloq-ko'pkari bellashuvlari ham qizigandan qizidi. Hatto qo'shni Qozog'iston davlatidan tashrif buyurgan chavondozlar ham bor mahoratlarini ishga solib, uloqni yakka ayrishga muvaffaq bo'lishdi. 

Ko'pkarida ham har bir solimga qimmatbaho sovg'alar qo'yilib, ot va chavondozning zo'rlari to'dan uloqni ayrib, belgilangan marra chizig'iga oborib tashlaverdi, sovg'alarga ega bo'laverdi. Ko'pkari shinavandalari esa, o'tirib emas, tik turib, zo'r ishtiyoq va qiziqish bilan tomosha qilishdi. G'olib chavondozlarni olqishlashdan charchashmadi ham. 

Nihoyat, uloq-ko'pkarida ham ot bilan yigitning zo'rini aniqlash payti keldi. “Uloqni tashla o'rtaga, taqimga o'ramaysan, yakka ayirasan, halol tashlaysan”, degan hayqirig'idan so'ng ko'pkari yanayam shiddatli tus oldi. Nihoyat, shahrisabzlik chavondoz Sirojiddin Jovlievga teng keladigani topilmadi. U “Fonar” laqabli oti bilan uloqni yuzlab otlar orasidan yakka ayirdi. 

SHunday qilib, Sirojiddin Jovliev Prezident sovrini - “Lasetti” avtomobilini mukofot sifatida qabul qilib oldi. Kitob tumanida o'tgan ushbu Navro'z tantanalarida Qashqadaryo viloyat hokimi Zafar Ro'ziev ishtirok etib, yig'ilganlarni bahor bayrami  bilan samimiy qutladi.

Joylarda bahor bayrami - Navro'z tantanalari davom etmoqda. Navro'z - yangi kun, yasharish fasli qutlug' bo'lsin!  

Ilhom RAHMONOV, Kitob tumanidan maxsus tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing