So’nggi yangiliklar

15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0 14:04Дакарда бугун уч нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсларга қўшилади 0 13:46Самбо бўйича 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 13:15"Манчестер Юнайтед" тарихида илк бор ушбу ҳолатга тушиб қолди 0 12:44Конор Макгрегор: "Холлоуэйни бир оёқда ҳам енгардим" 0 12:11Ковингтон UFC жангчилари ва Zuffa боксчилари ўртасидаги мукофот фарқи учун Дана Уайтни танқид қилди 0 11:40Жаҳонгир Зокиров "Zuffa"даги жанги учун Ар-Риёдга етиб борди 0 11:09Ўзбекистон – Саудия Арабистони учрашуви учун чипталар нархи маълум бўлди 0 10:38"Қўллар қичишяпти". Нурмагомедов жанг ўтказиш истагини билдирди 0 10:07Самбо бўйича юбилей 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун беллашувларидан ёрқин ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:36Ёшлар Олимпиадаси. Боксчимиз кореялик рақибасини техник нокаутга учратди + ФОТО 0 09:05А Серия. Етакчилар баҳсида "Интер"нинг қўли баланд келди + ВИДЕО 0

19 sen 15:39
Yangiliklar

SHaxmat, Stol tennisi

Qashqadaryodagi ommaviy sport musobaqalarida 4 mingga yaqin aholi qatnashdi

Viloyatda “Biz buyuk yurt farzandlari – terrorizm, ekstremizm va missionerlikka qarshimiz” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etildi.

Qarshi shahrida Qashqadaryo viloyat hokimligi, viloyat davlat xavfsizlik xizmati, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari hamda bir qator mutasaddi tashkilotlar tashabbusi bilan aholi, ayniqsa yoshlarni turli yot g'oyalardan asrash, shuningdek, milliy qadriyatlarimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida “Biz buyuk yurt farzandlari – terrorizm, ekstremizm va missionerlikka qarshimiz” shiori ostida musobaqa o'tkazildi. 

Nuroniylar o'rtasida sportning shaxmat turi bo'yicha, yoshlar o'rtasida esa suzish bo'yicha, o'rta maxsus kasb-hunar talimi o'quvchilari o'rtasida stol tennisi hamda sprint (estafeta) musobaqalari, oliy talim muassasalari talabalari o'rtasida armrestling va kurash, tibbiyot xodimlari o'rtasida futbol hamda yoshlar o'rtasida marafon musobaqalari tashkil etildi. 

SHuningdek, “Otam, onam va men – sportchilar oilasimiz” shiori ostida quvnoq startlar musobaqasi ham ko'tarinki ruhda o'tkazildi.

 

Mazkur musobaqalarda 4000 (shundan 1000 nafardan ortig'ini xotin-qizlar tashkil etdi) nafarga yaqin turli yoshdagi aholi ishtirok etdi va sportda ham o'z iqtidorlarini namoyon qildi.

Qizg'in vaziyatlarga boy bo'lgan musobaqalar yakuniga ko'ra g'oliblik hamda sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritgan ishtirokchilar Qarshi shahar hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, viloyat xalq talimi boshqarmasi, O'zbekiston yoshlar ittifoqining viloyat kengashi hamda boshqa mutasaddi hamkor tashkilotlar tomonidan diplom, medal, kubok va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing