So’nggi yangiliklar

19:30Рамазон Темиров янгиланган UFC рейтингига муносабат билдирди (ФОТО) 0 18:42Энтони Жошуа нима сабабдан Усикнинг машғулот лагеридан кетганини тушунтирди 0 18:14"Барселона" ва "Реал" ярашув битимига эриша олмади 0 17:45Ислам Махачев қачондан кейинги жангига тайёргарликни бошлашини айтди 0 17:22Тошкентдаги проф бокс оқшоми учун яна бир жанг эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 16:54Таэквондо WТ терма жамоамиз World Taekwondo Final Гран-присида тўлиқ таркиб билан иштирок этади 0 16:17Гвардиола нима учун Италия терма жамоасини бошқаришдан бош тортгани ҳақида гапирди 0 15:41Гукеш Жавоҳир Синдаров билан илк партия ҳақида фикр билдирди 0 14:52Сенсацион мағлубиятидан кейин Гейбл Стивсоннинг UFC'даги навбатдаги жанги эълон қилинди 0 14:01Жавоҳир Синдаров Гукеш билан илк партиядан сўнг нималар деди? 0 13:15ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўз уйида Баҳрайн жамоасини меҳмон қилади 0 12:42Никита Белозерцев Анқарадаги Челленжерда нимчорак финалга йўл олди 0 11:31Царукян RAF лигасида Махачев ва Нурмагомедов билан курашмоқчи 0 10:24«Исламни ММАдан кетишга мажбур қиламан». Карлос Пратес Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида 0 09:36ЕЧЛ. "Арсенал" ғалабани қўлдан чиқарди, "Ман Сити"да дуранг ва бошқа натижалар 0

19 okt 21:14
Yangiliklar

Tadbirlar, Tokio-2020

Qatarda Milliy olimpiya qo'mitalari Associaciyasining Bosh Assambleyasi o'tkazildi

Teglar :  MOQQatarO'zbekiston
17-18 oktyabr Qatarning Doxa shahrida Milliy olimpiya qo'mitalari Associaciyasining (MOQA) XXIV Bosh Assambleyasi bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbirda Xalqaro Olimpiya qo'mitasiga azo 204 mamlakat vakillari qatorida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, shuningdek, MOQ prezidenti maslahatchisi SHerzod Asatullaev ham qatnashdi. 

Assambleyaning birinchi kunida MOQA rahbariyati va qitalar kesimida tashkilotning ortda qolgan vaqt oralig'ida qilgan ishlari yuzasidan hisobotlari tinglandi. Kecha 2022 yil Pekinda bo'lib o'tadigan qishki Olimpiya o'yinlari va Senegaldagi o'smirlar Olimpiadasi, 2024 yili Parijda o'tadigan XXXIII yozgi Olimpiya o'yinlari, 2026 yil Milan/Kortina shaharlari mezbonlik qiladigan qishki Olimpiya o'yinlariga ko'rilayotgan tayyorgarliklar yuzasidan hisobotlar tinglandi.

Ushbu uchrashuv davomida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari Rustam SHoabdurahmonov Xalqaro Olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax bilan uchrashib, yurtimizda sportni rivojlantirish va sohada olib borilayotgan keng ko'lamli ishlar yuzasidan suhbat olib borishdi.

O'z navbatida Tomas Bax Xalqaro Olimpiya qo'mitasining 125 yillik faoliyati davomida butun dunyoda Olimpiya harakatini rivojlantirish yo'lida olib borilgan ishlar yuzasidan qilgan nutqi yig'ilganlarning diqqat-etiborida bo'ldi. 

Rustam SHoabdurahmonov va SHerzod Asatullaev ushbu tadbir davomida bir qator Milliy olimpiya qo'mitalari rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazishdi. Xususan, Rossiya, Yaponiya, Kuba, Koreya Respublikasi Milliy olimpiya qo'mitalarining rahbarlari bilan olib borilgan uchrashuvlar mamlakatlararo sport sohasidagi hamkorlik rishtalarini, Olimpiya birdamligini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing