10 mar 09:10
Yangiliklar
Futbol
Qatarliklar MYU uchun ortiqcha pul to'lamoqchi emaslar, Gleyzerlar esa 6 milliard istamoqda
Agar narx maqul kelmasa qatarlik investorlar "Manchester Yunayted" klubini xarid qilishmaydi.
SHayh Jasim bin Hamad Al Toni ingliz klubini sotib olishga tayyor, ammo ortiqcha pul to'lamoqchi emas. Bundan tashqari, o'tgan hafta uning otasi Hamad "ushbu investiciya yoqmayotganligi" haqida gapirgandi.
Jasim xarid uchun 4,5 milliard funt taklif qilmoqda. Gleyzerlar esa MYU kamida 6 milliard turadi deb hisoblashadi.
Jasimga avval boshqa klublarni ham taklif qilishgan. Biroq, u faqat MYUni sotib olishga qiziqadi. U klubning 100 foiz akciyalariga egalik qilish istagida.
Havola :
Manba : Sky Sports
Fikrlar