24 mar 12:31
Yangiliklar
Futbol

Qirg'iz Respublikasi darvozaboniga Italiya va Rossiya klublari qiziqmoqda
RPL, MFL va Italiyaning bir nechta klubi qirg'izistonliklar posboni Erjan Tokotaevga qiziqish bildirmoqda.
Bu haqda Aladop.kz xabar berdi.
Erjan Tokotaev va uning terma jamoasi JCH 3-saralash bosqichi 7-turida O'zbekistonga qarshi bahs olib bordi. Toshkentda bo'lib o'tgan o'yinda qirg'izistonlik darvozabon bir nechta seyvlarni amalga oshirgan va Eldor SHomurodovning penaltisini qaytargandi. Umuman olganda, Tokotaev bahsning eng yaxshi o'yinchilaridan biri bo'lgan edi.
25 yoshli futbolchi Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi safida 33 o'yinda maydonga tushgan. Transfer narxi – 300 ming evro. U ayni paytda Turkiya birinchi ligasida ishtirok etayotgan "SHanliurfaspor" jamoasida o'ynaydi.
Havola :
Fikrlar