20 iyu 16:49
Yangiliklar
Boks/MMA

"Qirol kubogi". Abdumalik Xalakov g'alaba bilan boshladi
Bugun Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo'yicha "Qirol kubogi" xalqaro turniri start oldi.
Musobaqada o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari ham ishtirok etishmoqda. Biroz avval -60 kg vaznli bokschimiz SHunqor Abdurasulov ilk jangida mezbon bokschiga yutqazib qo'ygandi.
Endi esa -57 kg vazn toifasidagi bokschimiz Abdumalik Xalakov ringga ko'tarildi. Xalakov ilk jangida yaxshigina tashabbusga ega bo'ldi va myanmalik Latt Nianingni mag'lub etib, keyingi davraga yo'l oldi.
Birozdan so'ng SHukurjon Rahimov va Iqboljon Xoldorov ishtirokidagi janglar boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar