21 iyu 19:48
Yangiliklar
Boks/MMA

"Qirol kubogi". Bokschilarimiz bugungi janglarda qanday ishtirok etishdi?
Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo'yicha xalqaro "Qirol kubogi" musobaqasi davom etmoqda.
Bugun kun davomida erkaklar o'rtasida tashkil etilgan janglarda ikki nafar hamyurtimiz ringga ko'tarildi. -81 kg vaznli bokschimiz Dilshodbek Ro'zmetov qozog'istonlik Dinislam Abdeshevga qarshi jang qildi va g'alaba qozondi. -64 kg vaznli charm qo'lqop ustasi SHukurjon Rahimov esa pokistonlik Qodir Xonni mag'lub etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar