21 iyu 06:59
Yangiliklar
Boks/MMA

"Qirol kubogi". Bugun ikki nafar bokschimiz jang qiladi
Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo'yicha nufuzli "Qirol kubogi" musobaqasi bo'lib o'tmoqda.
Bugun turnirning ikkinchi kun doirasida janglar o'tkaziladi. Unda ikki nafar o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi ringga ko'tariladi. Bahslarda -64 kg vaznli hamyurtimiz SHukurjon Rahimov Pokiston terma jamoasi vakili Qodir Xonga qarshi jang qilsa, -81 kg vaznli bokschimiz Dilshod Ro'zmetov qozog'istonlik Dinislam Abdeshevga qarshi to'qnash keladi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar