27 iyu 08:08
Yangiliklar
Boks/MMA

"Qirol kubogi". Bugun Nodirjon Mirzahmedov oltin medal uchun jang qiladi
Bugun Tailandda o'tkazilayotgan "Qirol kubogi" xalqaro turnirida hal qiluvchi janglar tashkil etiladi.
Musobaqada o'zbek bokschilaridan faqatgina -49 kg vaznli Nodirjon Mirzahmedov finalga etib kelgan. U bugun oltin medal uchun hindistonlik Dipakka qarshi jang qiladi.
Eslatib o'tamiz, u aprel oyida Osiyo chempionati finalida Dipakni mag'lub etishga ulgurgandi.
Kecha terma jamoamiz azolaridan Fanat Qahramonov yarim finalda imkoniyatni boy berdi va musobaqaning bronza medali bilan yurtimizga qaytadigan bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar