26 iyu 14:05
Yangiliklar
Boks/MMA
"Qirol kubogi". Fanat Qahramonov yarim finalda ringga ko'tarildi
Tailandda boks bo'yicha "Qirol kubogi" musobaqasi doirasida yarim final bellashuvlari bo'lib o'tmoqda.
Bellashuvlarda -75 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan bokschimiz Fanat Qahramonov yarim finalda hindistonlik Ashish Kumarga qarshi jang qildi. Gavda va bo'y tuzilishi bo'yicha o'zidan katta raqibga qarshi bahs hamyurtimiz uchun oson kechmadi va u yakunda imkoniyatni boy berib qo'ydi. SHu tariqa, Qahramonov Bangkokdan bronza medali bilan qaytadigan bo'ldi. Hindistonlik bokschi endi musobaqa g'olibligi uchun Koreya yoki Xitoy Taypeyi vakiliga qarshi jang olib boradi.
Avvalroq, -49 kg vaznli bokschimiz Nodirjon Mirzahmedov malayziyalik raqibini mag'lubiyatga uchratib, final yo'llanmasini qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar