26 iyu 12:18
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/78084_220.jpg)
"Qirol kubogi". Osiyo chempioni Nodirjon Mirzahmedov yarim final jangini o'tkazdi
Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo'yicha xalqaro "Qirol kubogi" musobaqasi davom etmoqda.
Biroz avval turnir yarim finalida -49 kg vaznli bokschimiz, Osiyo chempioni Nodirjon Mirzahmedov malayziyalik Mohd Rejan Muhammadga qarshi jang qildi. Hamyurtimiz jang davomida ustunlikka erishdi va yakunda g'olib bo'ldi. Endi u hal qiluvchi jangda hindistonlik Dipak bilan bellashadi.
Eslatib o'tamiz, Nodirjon uch oy avval aynan Bangkokda o'tkazilgan Osiyo chempionati finalida Dipak bilan to'qnash kelgan va raqibini mag'lubiyatga uchratib, qita chempioniga aylangandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar