22 iyu 10:12
Yangiliklar
Boks/MMA

"Qirol kubogi". Qizlarimiz musobaqada qanday ishtirok etishmoqda?
Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo'yicha xalqaro qirol kubogi bahslari tashkil etilmoqda.
Mazkur musobaqaning ayollar o'rtasidagi bahslarida o'zbekistonlik qizlar ham ishtirok etishmoqda.
Musobaqaning birinchi kunida -48 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Gulasal Sultonalieva ispaniyalik bokschiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Kecha o'tkazilgan janglarda esa -51 kg vaznli Sitora SHodgarova daniyalik raqibasini mag'lub etdi. -69 kg vaznli Maftunaxon Melieva esa ilk bosqichdayoq xitoylik jahon chempioniga to'qnash keldi va imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Bahslar davom etmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar