24 iyu 17:50
Yangiliklar
Boks/MMA
"Qirol kubogi". SHukurjon Rahimov koreyalik raqibga qarshi jang qildi
Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo'yicha xalqaro "Qirol kubogi" musobaqasi bo'lib o'tmoqda.
Turnir chorak finali doirasida -64 kg vaznli bokschimiz SHukurjon Rahimov janubiy koreyalik Kang Xeobinga qarshi jang qildi. Hamyurtimiz bahs davomida tashabbusga ega bo'lgandi. Ammo, nima uchundir hakamlar yakunda koreyalik bokschining g'alabasini qayd etishdi. SHu tariqa, Rahimov ham turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Birozdan so'ng -75 kg vazn toifasida Fanat Qahramonov avstraliyalik bokschiga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar