04 fev 13:12
Yangiliklar
Qishki Olimpiada. Ikki kishilik delegaciyamizda bayroqdor kim bo'lishi malum
Avval xabar berganimizdek, Oq Olimpiadada ikki hamyurtimiz ishtirok etadi. Figurali uchuvchimiz Misha Ge hamda tog' chang'isining slalom bahslarida qatnashuvchi Komil To'xtaev to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasida yurtimiz sport sharafini himoya qilishadi.
Bundan bir necha daqiqa avval yakuniga etgan tadbirda malum qilinishicha, musobaqaning tantanali ochilish marosimida O'zbekiston bayrog'ini stadion uzra ko'tarish baxti Komil To'xtaevga nasib etdi.
Bu erda boshqa variant ham yo'q. Boisi, ayni paytda Misha Ge AQSHda bo'lib turibdi va u 11 fevral kuni to'g'ridan-to'g'ri Los-Anjelesdan Pxenchxanga uchadi. Ochilish marosimida To'xtaevdan tashqari MOQ vakillari ham bo'lishi tabiiy.
Eslatib o'tamiz, XXIII qishki olimpiya o'yinlariga 9-25 fevral kunlari
Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahri mezbonlik qiladi.
Fikrlar