12 apr 19:03
Yangiliklar
Qitaviy chempionatlarning yangi taqvimini elon qildi
Koronavirus pandemiyasi sababli avvaldan belgilangan sanalar bir necha marotaba o'zgartirilgandi. Terma jamoalar ishtirokidagi musobaqalar yil so'nggiga qoldirildi.
Jumladan, kattalar o'rtasidagi Evropa chempionati 8-10 noyabr kunlari CHexiyaning Praga shahrida bo'lib o'tadi. Ushbu musobaqa yakunlanishi bilan, aniqrog'i 11 noyabr kuni Xorvatiyaning Poreche shahrida 21 va 23 yoshgacha bo'lgan dzyudochilar ishtirokidagi qita chempionati start oladi.
18 yoshgacha bo'lgan o'smirlar va qizlar o'rtasidagi Qo'hna qita chempionati 28 noyabr - 1 dekabr kunlari Latviya poytaxti Riga shahrida o'tkaziladi. Miskt, yani aralash jamoaviy Evropa chempionati 28 noyabrga ko'chirildi. Bu musobaqaga Ruminiyaning Buxarest shahri mezbonlik qiladi. Klublar miqyosidagi turnirlar - Evropa Ligasi va CHempionlar ligasi bekor qilindi.
Fikrlar