12 may 16:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Qiyin o'tgan jangda Aloxon Abdullaev braziliyalik raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi va JCHni bronza bilan yakunladi
Toshkentda boks bo'yicha jahon chempionatining yarim final janglari bo'lib o'tmoqda.
Uchinchi hamyurtimiz ham mazkur bosqichdagi jangini o'tkazdi. -75 kg vazn toifasidagi bokschimiz Aloxon Abdullaev Braziliya vakili Vanderley Pereyraga qarshi ringga ko'tarildi. Mazkur jang to'liq 3 raund davom etdi va unda hakamlar qarori bilan braziliyalik Vanderley Pereyra g'alaba qozondi.
19 yoshli Aloxon Abdullaev o'zining ilk jahon chempionatida bronza medaliga ega chiqqanini takidlash lozim. Hamyurtimizni ushbu sharafli natija bilan muborakbod etamiz!
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar