22 may 15:13
Yangiliklar
Gandbol
Qo'l to'pi ustalarimiz Markaziy Osiyo ochiq chempionati g'olibi + FOTO
15-21 may kunlari Toshkent shahrida gandbol bo'yicha erkaklar va ayollar jamoalari o'rtasida Markaziy Osiyo ochiq chempionati o'tkazildi.
Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bazasida tashkil etilgan ushbu nufuzli xalqaro musobaqada O'zbekiston, Ozarbayjon, Hindiston, Qirg'iziston, Tojikiston va Qozog'iston davlatlaridan jamoalar qatnashdi.
Jumladan, ayollar birinchiligida 9, erkaklar birinchiligida 10 ta jamoa g'oliblik yo'lida bahs olib bordi. Murosasiz kechgan musobaqa yakuniga ko'ra, o'zbekistonlik gandbolchilar g'oliblik shohsupasiga ko'tarilishdi.
G'olib va sovrindorlar:
Erkaklar
1. OKMK (Toshkent viloyati)
2. Qo'qon universiteti (Farg'ona viloyati)
3. Toshkent shahri
Ayollar
1. O'zbekiston terma jamoasi
2. OKMK (Toshkent viloyati)
3. Astana shahri (Qozog'iston).
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar