17 may 14:54
Yangiliklar
Futbol
"Qolishim 99%". Mourinyu "Real"ga qaytish haqidagi xabarlar fonida bayonot berdi
"Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Real"ga qaytish haqidagi xabarlar fonida o'z shartnomasi haqida fikr bildirdi.
"Hech kim "Benfika"ni mening shartnomamni uzaytirishga majbur qilmagan va undagi punkt menga istagan vaqtim ketish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda "Benfika"da qolish ehtimoli 99%, chunki menda yana bir yillik shartnoma bor. "Benfika"dan shartnomamni uzaytirish bo'yicha taklif olganman, uni hali ko'rmaganman, lekin agentim uning alo darajada ekanini aytdi. "Real"ga kelsak, hozircha hech narsa yo'q, lekin hech birimiz ahmoq emasmiz va hozir bo'layotgani — agent Jorje Mendesh va klub rahbariyati o'rtasidagi muzokaralar", — dedi Mourinyu DN nashriga.
Havola :
Manba : DN
Fikrlar