22 iyu 15:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Qo'lqopsiz jang: Malinyaji Lobovdan engil chiqdi
Bugun tunda AQSHda qo'lqopsiz jang bo'yicha Bare Knuckle FC turniri bo'lib o'tadi.
Kechaning markaziy jangida boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Pol Malinyaji va UFCning sobiq jangchisi Artyom Lobov to'qnash keladi.
Mazkur jang oldidan rasmiy vazn o'lchash marosimi tashkil etildi. Unga ko'ra, amerikalik bokschi 70,2 kg, Lobov esa 70,1 kg tosh bosdi.
Malinyajiga qarshi jang kelib chiqishi rossiyalik bo'lgan irland sportchisi Artyom Lobov uchun qo'lqopsiz janglarda ikkinchi bahs bo'lsa, amerikalik bunday sport turida debyut qiladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar