So’nggi yangiliklar

13:24Ўзбекистон терма жамоаси бугун Хитой билан ўйнайди 0 12:59UFC собиқ чемпиони Шон-шуҳрат залига киритилди 0 12:36Боксчиларимиз RCC Гран-присида қандай натижалар қайд этишди? 0 12:00Тошкентда Осиё Олимпия кенгашига янги президент сайланди 0 11:33Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг 2 нафар футболчиси мавсумни Тошкент клубида бошлайди 0 11:12"Юзингга қара, пасткаш". Гэтжи жангдан кейин Пимблеттга нима деганини айтди 0 10:40Порье Гэтжининг ғалабасига муносабат билдирди 0 10:18Умар Нурмагомедов: "Спарринг шерикларим Фигейредудан кўра қийинроқ бўлганди" 0 09:42Бернарду Силва "Барселона"га ўтмоқчи, аммо каталонияликлар иккиланишмоқда 0 09:15Пимблетт Гэтжи билан жангдаги ҳакамликка муносабат билдирди 0 08:39Australian Open. Даниил Медведев ўз юришини тўхтатди 0 08:12Жастин Гэтжининг UFC'да олган бонуслари миқдори 1 миллион доллардан ошди 0 07:30"Актобе" Португалия терма жамоаси афсонаси Луиш Нани билан шартнома имзолади 0 19:14Хаби Алонсо "Ливерпуль" билан музокаралар олиб бормоқда, Слотнинг курсиси қимирлаб қолди 0 18:53Дана Уайт Царукян Оқ уйдаги турнирда жанг қилиши эҳтимоли ҳақида гапирди 0

19 may 17:35
Yangiliklar

Sport kurashlari

Qoraqalpoq kurashchi qizlari muvaffaqiyatining siri nimada?

SHu kungacha o'tkazilgan olimpiya o'yinlarida O'zbekiston ayollar kurashi terma jamoasi azolari ishtirok etishmagan.

Har safar yo'llanmaga bir qadam qolganida ana shu imkoniyatni qo'ldan chiqarganmiz. Bu galgi to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasidan murabbiylarimizning umidlari katta. Sababi, terma jamoada raqobat sezilarli darajada kuchaygan. Bu raqobatni bevosita qoraqalpog'istonlik kurashchi qizlarimiz yuzaga keltirishyapti desak xato bo'lmaydi. 

Biz ayni mavzu yuzasidan terma jamoa murabbiylaridan biri Salomat Ko'chimova bilan suhbatlashdik. 

- Sir emas, hozirda qoraqalpog'istonlik kurashchi qizlarimiz ko'rsatayotgan natijalar taxsinga loyiq. Buning siri nimada? Nima uchun qolgan viloyatlarda bunday muvaffaqiyatga erisha olmayapmiz?

- Buning o'ziga yarasha sabablari bor, albatta. Boshqa viloyatlarni olsak, oldinlari ota-onalarning qizlarning sport bilan shug'ullanishlari borasidagi fikrlari boshqacha edi. Qizlarning uyda o'tirishini, boshqa ish bilan shug'ullanishini afzal deb bilardilar. Hozir vaziyat biroz o'zgargan. Ko'ryaptilarki, sport sabab qancha imkoniyatlar yuzaga kelmoqda. Birinchi galda sog'lom turmush tarzi yuzaga keladi. Qolaversa, sport bilan shug'ullanish orqali kamqonlikning oldi olinadi, sport orqali dunyo kezish, imtiyozli yo'llanma asosida oliy o'quv yurtlariga kirish, tafakkur hamda dunyoqarashning keng bo'lishi taminlanadi. 

- Qoraqalpoqning sirini baribir aytmadingiz... Murabbiylar yaxshi ishlayaptimi?

- Qoraqalpog'istonda boshka viloyatlarga qaraganda qizlarimiz ancha oldin kurash bilan shug'ullanishni boshlashgan. Va yuqorida aytganimdek, boshqa viloyatlarda qizlarimizning sport bilan shug'ullanishidan ko'ra uyda o'tirishini afzal bilishgan. Murabbiylariga kelsak, hammalari hurmatga loyiq. SHaxsiy fikrim, murabbiylik buyuk nemat.

- SHu kungacha kurashchi qizlarimizga Olimpiadada qatnashish nasib qilmagan. Nazarimda, tarix yangilanadigan fursat etib keldi. Vaziyatga real qaraganda, Tokio-2020 licenziyalari yo'lidagi imkoniyatlarimizni qanday baholaysiz?

- Nasib qilsa, Olimpiada yullanmasini qo'lga kiritamiz. Bir necha yillik mashaqqatlar o'z mevasini berishiga ishonaman. Licenziyalar bo'yicha imkoniyatimiz etarli. 

- SHogirdingiz, III o'smirlar Olimpidasida sovrindor bo'lgan SHohida Ahmedovada xalqaro tajriba bor. Bu qizimizning kattalar terma jamoasiga moslashib ketishi qiyin kechmayaptimi?

- SHohida erkin kurash bilan professional darajada shug'ullanishni 2014 yilda boshlaganyu Aynan o'sha yili u Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi Olimpiya zaxiralari kollejiga o'qishga qabul qilingan. Hozirda bu kollej Toyloq ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari maktab-internati deb yuritiladi. O'z yosh toifasidagi viloyat hamda Respublika miqyosidagi musobaqalarda muntazam shoxsupaga ko'tarilib keldi. 2018 yil Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida sovrindor bo'lib, o'smirlar Olimpiadasiga yo'llanmani qo'lga kiritgan. O'sha yili Argentinaning Buenos-Ayres shahri mezbonlik qilgan o'smirlar Olimpiadasida ham ishonchimizni oqlab, kumush medal sohibasiga aylandi. Yosh bo'lishiga qaramay kattalar o'rtasida o'tkazilayotgan musobaqalarda ham ijobiy natijalarga erishyapti. Hozir uning oldida turgan eng asosiy maqsad Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritish. SHohida Respublika musobaqasida g'alaba qozonib, Olimpiadaga licenziya taqdim etuvchi turnirda qatnashish huquqiga ega bo'ldi. Fursatdan foydalanib, terma jamoamizning barcha vazn toifasida olimpiya o'yinlari yo'llanmasi uchun kurashadigan qizlarimizga omad tilayman.    

Reyting:    

Fikrlar

+1   
19 may 21:38:40
Abdiraxman Abdinaymov
Qaraqalpaq qizlarina bari-bir hesh bir millettin' qizlari jete almaydi!...
   
21 may 01:06:03
Sikcy Ilesque
   
21 may 01:05:57
Sikcy Ilesque
   
21 may 01:05:08
Sikcy Ilesque
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing