So’nggi yangiliklar

19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0

31 iyu 07:21
Yangiliklar

Dzyudo

Qo'shaloq bayramlar muborak, Armen Bagdasarov!

Bugun erishgan natijasi bilan nafaqat dzyudo, balki o'zbek sporti tarixiga kirishga muvaffaq bo'lgan inson - Armen Bagdasarov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Armen Bagdasarov 1972 yilning 31 iyul kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan murabbiy Vladimir Pyataev qo'l ostida dzyudo sir-asrorlarini o'rgangan.

Armen Bagdasarov 1996 yili Atlantada o'tgan Yozgi olimpiya o'yinlarida mustaqil O'zbekiston terma jamoasiga ilk medalni taqdim etgan. AQSH tatamilarida -86 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan dzyudochimiz kumush medalni qo'lga kiritgan edi. 

Bagdasarov 1993-2001 yillarda O'zbekiston terma jamoasi azosi sifatida xalqaro musobaqalarda ishtirok etgan. 1996 yilda u Olimpiadadagi muvaffaqiyatli ishtirokdan tashqari Osiyo chempionligiga ham erishgan. 1998 yili Osiyo o'yinlari kumush medali sovrindori, 1999 yilda esa ikki karra Osiyo chempioniga aylandi. SHuningdek, u Osiyo chempionatining ikki karra bronza medali hamda Butunjahon talabalar Universiadasining kumush medali sohibi hisoblanadi.     

2001 yilda sportchilik faoliyatini yakunlagan Bagdasarov avvaliga terma jamoa bosh murabbiyi, keyin esa O'zbekiston dzyudo federaciyasi prezidenti lavozimida ishlagan. SHu bilan bir qatorda Respublika sport yakkakurashlari oliy sport mahorati maktabi direktori bo'lgan. Bugungi kunda Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF)da sport direktori lavozimida faoliyat yurityapti.  

Armen Bagdasarovning sportdagi ko'p yillik muvaffaqiyatli ishtiroki hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. U "Mehnat shuhrati" ordeni (1996), O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi (2000), O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan murabbiy (2006) unvonlariga loyiq ko'rilgan. Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) Armen Bagdasarovni dzyudo sport turining dunyodagi rivojiga qo'shgan xissasi uchun oltin medal (World Judo Tour gold card) bilan mukofotlagan. 

Furatdan foydalanib, Armen Bogdasarovni bugungi tavallud ayyomi bilan muborakbod etadi. U kishiga sog'lik-salomatlik va oilaviy baxt tilaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing