18 okt 16:55
Yangiliklar
Qosimjonov Mamadiyarov va Ponomarev bilan durang o'ynadi
Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 680-yilligiga bag'ishlab o'tkazilayotgan ushbu super turnirda dunyo tan olgan to'rt nafar grossmeyster ishtirok etyapti.
Ozarbayjonlik SHaxriyar Mamadiyarov 2013 yili blic yo'nalishida jahon chempioni bo'lgan. Isroillik Boris Gelfand 2009 yilda Jahon Kubogi sohibiga aylangan. Ukrainalik Ruslan Ponomarev 2002-2003 yillarda jahon chempionligiga erishgan. Hamyurtimiz Rustam Qosimjonov esa 17-jahon chempioni xisoblanadi.
Bugun kunning ikkinchi yarmida “Miran” mehmonxonasida musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. SHundan so'ng bahslarga start berildi. Bugun shaxmatchilar uchtadan uchrashuv o'tkazishlari kerak edi.
Ana shu o'yinlardan to'rttasi yakunlandi. Rustam Qosimjonov avvaliga Ruslan Ponomarev, keyin esa SHaxriyar Mamadiyarov bilan durang o'ynadi. Ayn daqiqalarda u Boris Gelfand bilan munosabatlariga oydinlik kiritmoqda. Hozircha birgina Mamadiyarov bitta g'alabaga erishdi.
Malumot uchun, SHaxmat Yulduzlari turnirining umumiy mukofot jamg'armasi 50 ming Amerika Qo'shma SHtatlari dollarini tashkil etadi. G'olib grossmeyster 20 ming dollarga ega bo'ladi.
Fikrlar