So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

20 okt 08:38
Yangiliklar

SHaxmat

Qosimjonovning “SHaxmat Yulduzlari”dagi ilk mag'lubiyati

Poytaxtimizdagi “Miran” mehmonxonasida nufuzli musobaqa – SHaxmat Yulduzlari turniri davom etmoqda.

Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 680-yilligiga bag'ishlab o'tkazilayotgan ushbu super turnirda dunyo tan olgan to'rt nafar grossmeyster – ozarbayjonlik SHaxriyar Mamadiyarov, isroillik Boris Gelfand, ukrainalik Ruslan Ponomarev hamda 17-jahon chempioni hamyurtimiz Rustam Qosimjonov ishtirok etyapti.

Kecha ikkinchi tur bahslarida Qosimjonov 3ta uchrashuv o'tkazib, dastlabki mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Avvaliga Ruslan Ponomarev va SHaxriyar Mamadiyarov bilan durang o'ynagan shaxmatchimiz 3-partiyada Boris Gelfandga imkoniyatni boy berdi.

Bugungi uchrashuvlar oldidan Rustam Qosimjonov 2,5 ochko bilan uchinchi o'rinni egallab turibdi. 4,5 ochkoga ega SHaxriyar Mamadiyarov deyarli g'oliblikni qo'lga kiritdi. 

IKKINCHI DAVRA NATIJALARI:

Qosimjonov - Ponomarev 0,5:0,5

Mamadiyarov - Gelfand 1-0

Ponomarev - Gelfand 0-1

Qosimjonov - Mamadiyarov 0,5:0,5

Mamadiyarov - Ponomarev 1-0

Gelfand - Qosimjonov 1-0

Turnir jadvalidagi vaziyat: Mamadiyarov - 4,5 ochko,  Gelfand - 3 ochko, Qosimjonov - 2,5 ochko, Ponomarev - 2 ochko.

BUGUNGI UCHRASHUVLAR:

Ponomarev - Qosimjonov

Gelfand - Mamadiyarov

Gelfand - Ponomarev

Mamadiyarov - Qosimjonov

Ponomarev - Mamadiyarov

Qosimjonov - Gelfand

Malumot uchun, SHaxmat Yulduzlari turnirining umumiy mukofot jamg'armasi 50 ming Amerika Qo'shma SHtatlari dollarini tashkil etadi. G'olib grossmeyster 20 ming dollarga ega bo'ladi. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing