03 noy 10:52
Yangiliklar
Qozog'iston bokschilari Osiyo chempionatida qanday natija ko'rsatyapti?
Kecha kun davomida qo'shnilarimizning uch nafar bokschisi ringga ko'tarildi — Saken Bibosinov (51 kg), Serik Temirjanov (57 kg) va Sanatali Toltaev (63,5 kg).
Bibosinov hindistonlik Sparsha Kumarni 4:1 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, Temirjanov turkmanistonlik Ixlaz Gilichjanovdan 5:0 hisobida ustun keldi. Sanatali Toltaev esa hamyurtimiz Ruslan Abdullaevga 0:5 hisobida yutqazdi.
Malumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi bokschlari hozircha mag'lubiyatsiz odimlashyapti. Musobaqaning ilk kuni Abdumalik Xalakov tailandlik raqibidan ustun keldi. Ruslan Abdullaev esa yaponiyalik bokschini musobaqadan chiqarib yubordi.
Ikkinchi kun esa Ruslan Abdullaev qozog'istonlik, SHahzod Muzaffarov pokistonlik bokschini mag'lub etdi. Bugun ikki nafar bokschimiz ringga ko'tariladi.
Fikrlar