So’nggi yangiliklar

19:02Жорий мавсум "Барселона" сардори ким бўлади? 0 18:30Эдсон Барбоза фаолиятини якунлади 0 17:53"Богданда босим бор эди". Маҳмуд Мурадов Гусковнинг Анкалаев билан жанги ҳақида гапирди 0 17:20Нурсултон Рўзибоевга мағлуб бўлган рус жангчисига янги рақиб берилди (ПОСТЕР) 0 16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0

04 fev 15:47
Yangiliklar

Tadbirlar

Qozog'iston Milliy olimpiya qo'mitasi vakillari Toshkentda mehmon bo'lishdi

Teglar :  MOQ
Qozog'iston Milliy olimpiya qo'mitasi bosh kotibi Daniyar Abulgazin hamda qo'mitaning sport tibbiyoti boshqarmasi boshlig'i Janbulat Sarsenov O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurishdi.

Mehmonlarni O'zbekiston MOQ birinchi vice-prezidenti Oybek Kasimov hamda bosh kotib Jasur Matchanovlar kutib olishdi. Tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad Milliy olimpiya qo'mitasi huzurida faoliyat yuritayotgan Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyati bilan yaqindan tanishish, kerak bo'lsa undan andoza olish va Qozog'istonda ham ana shunday markaz tashkil etishni muhokama qilishdan iborat edi. Tibbiyot markazini ko'zdan kechirar ekan, Qozog'iston MOQ bosh kotibi hayajonini yashira olmadi. 

"O'zbekiston MOQ qoshida faoliyat yuritayotgan Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi menda juda katta taassurot qoldirdi. Bunday sport tibbiyot majmuasi Markaziy Osiyoda yagona ekanligi ahamiyatlidir. Biz ham Qozog'istonda sport tibbiyoti bo'yicha ana shunday markaz tashkil qilishni istaymiz va bu borada O'zbekiston MOQ bilan yaqin hamkorlik o'rnatish istagidamiz", - dedi Daniyar Abulgazin.

SHuningdek, uchrashuv davomida qishki Olimpiya o'yinlariga ko'rilgan tayyorgarlik bo'yicha fikr almashildi. O'z navbatida, Qozog'iston MOQ bosh kotibi qishki sport turlari bo'yicha terma jamoalarimizning o'quv-mashg'ulot yig'inlarini Qozog'istonning tog'li xududlarida hamkorlikda tashkil qilish taklifi bilan chiqdi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing