08 may 11:34
Yangiliklar
Boks/MMA
Qozog'iston Saken Bibosinovning jangi yuzasidan IBAʼga shikoyat bilan chiqdi
Qozog'iston boks federaciyasi 2023 yilgi jahon chempionatining 51 kilogrammgacha bo'lgan vazn toifasida 1/16 final bosqichida terma jamoa vakili Saken Bibosinov hamda hindistonlik Dipak Kumar o'rtasidagi jang natijasi bo'yicha bayonot berdi.
"Qozog'iston boks federaciyasi Xalqaro boks associaciyasi prezidenti Umar Kremlyovga Saken Bibosinov jangida hakamlarning shov-shuvli qarori yuzasidan rasmiy shikoyat arizasi bilan chiqdi.
IBA rahbariyatidan javob kutamiz.
Afsuski, amaldagi qoidalarga ko'ra, apellyaciya berishga yo'l qo'yilmaydi. Agar jang 3:2 yoki 2:3 hisobida yakunlangan bo'lsa, hakamlar qarorini ko'rib chiqish mumkin. Boshqa vaziyatda qayta ko'rib chiqib bo'lmaydi", - deb yozadi Qozog'iston boks federaciyasi matbuot xizmati.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar