18 apr 11:35
Yangiliklar
Boks/MMA
Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi Toshkentda bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik haqida gapirdi
Mirzagali Aytjanov Toshkentdagi JCH oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Boks bo'yicha Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirzagali Aytjanov Toshkent mezbonlik qiladigan jahon chempionatiga bo'layotgan tayyorgarlik haqida gapirdi.
"Tayyorgarlik yaxshi o'tmoqda. So'nggi bosqich Turkistondagi "Almatau" sport bazasida olib boriladi. U erda bizga Avstraliya, Filippin, Armaniston va Tojikiston terma jamoalari ham qo'shilishadi. U erdan biz 29 aprel kuni Toshkentga uchamiz. 30 aprelda esa qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Ushbu yig'inda biz yakuniy tarkibni ham elon qilamiz", - dedi qo'shnilarimiz bosh murabbiyi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar