17 iyu 18:40
Yangiliklar
Dzyudo
Qozog'iston terma jamoasi dzyudochilari uy sharoitida shug'ullanyapti
Koronavirus pandemiyasi sabab Qozog'istonda karantin kunlari 2 avgustga qadar uzaytirilgan.
Ayni paytda qozog'istonlik dzyudochilar uy sharoitida individual tarzda mashg'ulotlarni davom ettirishyapti. Qozog'iston erkaklar terma jamoasi bosh murabbiyi Aydin Smagulovning aytishicha, sportchilar murabbiy va shifokorlar tomonidan jiddiy nazoratga olingan.
"Hozir dzyudochilar o'z uylarida, oila azolari davrasida. Har kuni terma jamoamiz shifokori sportchilarning holatini nazoratdan o'tkazadi. Kunlik tana harorati o'lchab boriladi. Har bir sportchining shaxsiy murabbiylari jarayonga masul qilib qo'yilgan. SHifokorimizga rahmat, katta hajmdagi ishni bajaryapti. Mashg'ulotlar barcha xavfsizlik meyorlariga amal qilgan holda uy sharoitida davom ettirilyapti", - dedi Smagulov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar