09 jan 09:37
Yangiliklar
Qozog'iston terma jamoasining etakchi bokschilaridan biri kutilmaganda faoliyatini yakunladi
Bu haqda Sports.kz jurnalist Aslan Kajenovga tayanib xabar berdi.
"Og'ir vaznda jahon chempioni, milliy terma jamoa azosi, Mang'istav viloyatida tug'ilgan Bekzat Nurdauletov sportchilik faoliyatini yakunladi. Aytish joizki, u yoshlar o'rtasida jahon chempionati bronza medali sohibi, kattalar o'rtasida jahon chempioni va Tokio Olimpiadasi ishtirokchisidir.
SHu bilan birga, Bekzat boksdan ketmayapti. U endi mutaxassis sifatida faoliyat yuritib, mintaqada sport rivojiga hissa qo'shadi", — deb xabar berdi jurnalist Instagram sahifasida.
Malumot uchun, Nurdauletov faoliyati davomida o'zbekistonlik bokschilarga qarshi ko'p marotaba to'qnash kelgan. U Madiyar Saidrahimov, Dilshodbek Ro'zmetov, Kozimbek Mardonov, Jasurbek Yo'ldoshev, Akmaljon Isroilov kabi vakillarimizga qarshi janglarda g'alabaga erishgan. Bektemirga Meliqo'zievga esa mag'lub bo'lgan.

Fikrlar