24 iyu 16:11
Yangiliklar
Qozog'iston Tokio Olimpiadasidagi ilk medalini qo'lga kiritdi
Bugun Tokioda 2020 yilgi Olimpiya o'yinlarida dzyudo musobaqalari bo'lib o'tmoqda, 60 kg vazn toifasida qozog'istonlik sportchi Eldos Smetov medallar uchun kurash olib bordi.
Rio-2016 Olimpiadasining kumush medal sohibi Smetov dastlabki bosqichda turkiyalik sportchi Mixraj Akkush ustidan tezkor g'alaba qozondi, so'ng Janubiy Koreya vakili Kim Von Jinni mag'lub etdi va yarim finaldagi keskin bahsda yaponiyalik Naohisa Takatoga imkoniyatni boy berdi.
Uchinchi o'rin uchun kurashda Eldosga gollandiyalik Tornike CHakadua raqiblik qildi. Qarama-qarshilikning natijasi Smetovning g'alabasi bilan yakunlandi. SHunday qilib, Eldos Smetov bronza medalini qo'lga kiritdi va Qozog'istonga XXII Yozgi Olimpiya o'yinlaridagi birinchi medalini taqdim etdi.
Fikrlar