So’nggi yangiliklar

19:39Чимаев Стриклендга реванш учун 1 миллион доллар таклиф қилди 0 18:25Волкановски: "У билан жангда фаолиятимдаги энг яхши жисмоний ҳолатда бўламан" 0 17:51Ўртоқлик учрашувида Жанубий Кореяга мағлуб бўлдик 0 17:28Тайсон Фьюри Усик билан трилогия қачон бўлиши мумкинлигини айтди 0 16:42"Реал" "Борнмут" футболчиси учун курашга қўшилди 0 16:0550 ёшли Фёдор Емельяненко Фрэнсис Нганну билан жанг қилишни орзу қилишини айтди 0 15:22Тайсон Фьюри Дональд Трампни Энтони Жошуага қарши жангга таклиф қилмоқчи 0 14:44Шара Буллет Исраэль Адесаньяга қарши жанг қилиши мумкин — инсайдер 0 13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0

07 apr 20:00
Yangiliklar

Boshqalar

Qozog'istonda jang sanati bo'yicha Osiyo chempionati o'tkazildi

Teglar :  Jang sanati
Bugun mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi va say -harakati bilan jismoniy tarbiya va sportga juda keng miqyosda imkoniyat va sharoitlar yaratilmoqda.

Buning oddiy misolini esa joriy yilning 3-6 aprel kunlari Qozog'istonning CHimkent shahrida milliy sport turimiz bo'lgan O'zbek jang sanati (jang sanati) bo'yicha o'smirlar, yoshlar va kattalar o'rtasida bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida sportchilarimizning eng ko'p medallarni jamg'arishganidan ham  bilish mumkin. Yana bir gap, musobaqada turli millat vikillaridan iborat hakamlar tomonidan jang sanati qoidalari sof o'zbek tilida jaranglagani —milliy sport turlarimiz dunyo bo'ylab keng rivojlanayotgani, qadriyatlarimiz ulug'lanayotganidan  dalolat. 

Ushbu chempionatda Hindiston, Janubiy Koreya, Tojikiston,  Qirg'iziston kabi o'n beshdan ortiq davlatlardan jam bo'lgan 1500 nafardan ortiq sportchilar chempionlik uchun milliy urf —odatlarimiz, qadriyatlarimiz mujassamlashgan mashqlarni mohirlik bilan namoyish etishdi. 

CHempionat doirasida tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. 

Mazkur ochilish marosimida so'z olganlar o'zbek sportining qitalaro keng rivojlanayotgani,  yoshlarning sevimli sport turiga aylanib ulgurganini, ayniqsa, milliy qadriyatlarimiz timsoli aks etganini takidlab, musobaqa ishtirokchilariga omad tilashdi. SHundan so'ng bellashuvlarga start berildi.

Reglamentiga muvofiq, musobaqaning birinchi kunida 7 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan yosh atletlar "Jang kurashi" yo'nalishi bo'yicha kurash olib borishgan bo'lishsa, bellashuvlarning ikkinchi kunida 16-17 yosh va  kattalar o'rtasida "Temuriylar bellashuvi" hamda "Ko'rgazmali chiqish" yo'nalishlarida o'zaro kuch sinashishdi. 

Yuqori saviyada va murosasiz o'tgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko'ra, umumjamoa hisobida faxrli birinchi o'rinni mamlakatimiz terma jamoasi qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rinni mezbonlardan iborat terma jamoa egallagan bo'lsa, uchinchi o'rin Qirg'iziston va Tojikiston sportchilariga nasib etdi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing