11 may 19:07
Yangiliklar
Qozog'istondagi eng yosh avtopoygachi fojiali tarzda vafot etdi
Bu haqda marhum ishtirok etib kelgan Gorilla Drift Kazakhstan avtopoyga tashkilotchilari xabar berdi.
"Pavlodar yo'lidagi avtohalokat barchamiz uchun fojia bo'ldi. Tolya, sen orzuing sari yo'l olding. Katta xohish-istak va oilang, do'stlaringning qo'llab-quvvatlashi bilan eng yaxshilardan biriga aylanib, yuksak cho'qqilarni zabt etding. Biz sen bilan faxrlanamiz. Sen biz uchun 16 yoshli Tolya sifatida abadiy qolasan", - deyiladi xabarda.
Voqea 6 may kuni kechqurun sodir bo'lgan.
Anatoliy Kin Qozog'istondagi eng yosh driftchi sanalardi, u bu sportga otasi tufayli kirib kelgan va o'z yosh toifasida turli musobaqalar g'olibi va sovrindori bo'lgan. Poygachi Almatidagi musobaqada qatnashib, Pavlodarga uyiga qaytayotgan edi. OAV malumotlariga ko'ra, Anatoliy avtohalokatga uchragan avtomobilning yo'lovchisi bo'lgan. Xodisaning aniq sabablari hozircha malum emas.
O'zbekiston avtosport va karting federaciyasi hodisa yuzasidan Qozog'iston avtosport federaciyasiga hamdardlik bildirdi.
Fikrlar