22 noy 22:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Qozog'istonlik Asu Almabaev Aleks Peresni bo'g'ib qo'ydi (VIDEO)
UFC Qatar turniri davom etmoqda.
Musobaqaning prelim kardi doirasida o'ta engil vazn toifasida qozog'istonlik Asu Almabaev va AQSH vakili Aleks Peres o'rtasidagi bellashuv tashkil etildi.
3 raundlik jang so'nggi besh daqiqalik nihoyasiga etishi arafasida muddatidan avval yakunlandi. Almabaev raqibini bo'g'ish usuli orqali taslim etdi.
Bu orqali Asu UFC'dagi ettinchi jangida oltinchi g'alabasiga erishdi. Peres esa faoliyatidagi o'ninchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar