29 iyu 17:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Qozog'istonlik Azat Maksumning keyingi raqibi, jang sanasi va manzili rasman elon qilindi
O'ta engil vazn toifasida faoliyat yurituvchi qozog'istonlik MMA jangchisi Azat Maksumning navbatdagi jangi tafsilotlari rasman elon qilindi.
30 yashar sportchi 25 oktyabr kuni Abu-Dabi shahrida (BAA) o'tkaziladigan UFC 321 turniri doirasida oktagonga chiqadi.
Unga o'sha kuni amerikalik Mitch Raposo raqib bo'ladi.
Maksum faoliyati davomida 17 ta jang o'tkazib, 15 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. Raposo hisobida esa 9 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat bor.
UFC 321 turnirining markaziy jangi og'ir vazn chempioni Tom Aspinall va davogar Siril Gan o'rtasida kechadi.
Havola :
Manba : ufc.com
Fikrlar