24 sen 09:07
Yangiliklar

Qozog'istonlik bokschi birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga chiqishga yaqin
Janibek o'z vaznida WBC chempioni Karlos Adamesga qarshi ringga chiqishi mumkin. Bu haqda Adamesning o'zi jurnalist Fernando Sabatiniga xabar berdi. Karlos o'z xabarida Janibek Alimxanulining jamoasi bilan muzokaralar deyarli yakunlanganini aytdi. Qozoq bokschisining o'zi ham tez orada o'rta vaznda yaxshi yangilik bo'lishini malum qilgandi.
Takidlash joiz, 32 yoshli Janibek Alimxanuli anchadan beri boshqa yo'nalish chempionlarini kamarlarni birlashtiruvchi jangga chorlab kelmoqda. U shu yilning aprel oyida o'z vatanida o'tkazilgan boks oqshomida chempionlik kamarlarini muvaffaqiyatli himoya qilgandi.
Dominikanlik 31 yoshli Karlos Adames fevral oyida Xamza SHirazga qarshi jang o'tkazib, durang qayd etgandi. SHiraz mag'lubiyatsiz rekordini saqlagan bo'lsa-da, kamar Adamesda qolgandi.
Fikrlar