19 fev 15:52
Yangiliklar
![](/upload/storage/28966_220.jpg)
Qozog'istonlik bolakay Ramzan Qodirovning farzandlarini jangga chorladi
Abay Tajibay - kikboksing bo'yicha ikki karra Astana chempioni. Lekin, kichik Qodirovlar bilan jang qilish uchun hozirda MMA bilan shug'ullana boshlagan.
"O'ylashimcha Abay jang uchun chaqiruv tashlashga haqli. Hozir Almatada yashayapmiz va MMA mashg'ulotlarida ishtirok etmoqdamiz. Bir necha murabbiy Abay bilan ishlamoqda. Ular qatorida professional MMA jangchisi Zamguzal Fayzollanova ham bor" - deydi Tajibayning otasi.
Ramzan Qodirovning o'g'illari Rossiyadagi yagona bo'lgan bolalar MMA kamariga egalik qilishadi.
Adam va Axmat Qodirovlar MMAdagi ilk jangini WFCA "Axmat" turniri doirasida 2016 yilning 1 oktyabr kuni o'tkazishgandi. O'shanda bolalar o'rtasida janglar muxlislarning katta noroziligiga sabab bo'lgan.
Fikrlar