01 avg 17:58
Yangiliklar
Qozog'istonlik dzyudochi Muzaffarbek To'raboevga uchralgan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi
"Birinchi bosqichda Belgiya vakilini mag'lub etdim. Biroq, ikkinchi davrada O'zbekiston dzyudochisiga yutqazdim. Borimni berib, ochiq va halol kurashdim. Murabbiylarim ko'rsatmasiga ham amal qildim. O'z navbatida charchab ham qolganim yo'q. Garchi raqibim mendan baland bo'lsada, kuch borasida mendan kuchli demagan bo'lardim. Bo'ydagi farqni mag'lubiyat sababi deb hisoblamayman. Bu menga noqulaylik tug'dirgani yo'q.
SHuningdek hakamlikka ham etirozim yo'q. Barcha xatolarga o'zim yo'l qo'ydim. Olimpiada shunday musobaqaki, u erda xotirjam va sabr bilan kurashish kerak. Men qo'limdan kelgan barchasini qildim. Keyingi Olimpiadada g'alaba qozonishga umid qilaman. Muxlislarga va oilamga qo'llab-quvvatlov uchun rahmat", - dedi dzyudochi.
Fikrlar