12 may 17:06
Yangiliklar
Boks/MMA
Qozog'istonlik murabbiy: "O'zbekiston bilan Olimpiada finalida uchrashishni istaymiz"
Boks bo'yicha Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirzagali Aytjanov yaqinda start oladigan "Elorda Kubogi" turniri haqida gapirdi.
"Ushbu turnir biz uchun tayyorgarlik vazifasini bajaradi. Masuliyat Osiyo kubogidagi kabi katta emas. Bizning maqsad - Olimpiada.
Mehmonlarga rahmat aytishimiz kerak. Ozarbayjon va Yaponiya Olimpiadada qatnashadigan bokschilari bilan kelmoqda. O'zbekiston terma jamoasi esa Olimpiadadagi tarkibini yubormaslikka qaror qildi. Biz uzoq vaqtdan beri raqobat qilamiz. Ular bilan bu turnirda emas, Olimpiada finalida uchrashishni istaymiz.
O'zbekiston Rossiyadagi turnirda qatnashadi", - dedi Aytjanov.
Havola :
Manba : olympic.kz
Fikrlar