26 may 19:06
Yangiliklar
Qozog'istonlik og'ir atletikachi London Olimpiadasidan 12 yil o'tib, sovrindorga aylandi
Taqdirlash marosimi Lima shahrida (Peru) bo'lib o'tgan engil atletika bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati doirasida tashkil etildi.
Eslatib o'tamiz, Londondagi Olimpiadada qozog'istonlik sportchi Anna Nurmuxambetova 69 kilogrammgacha bo'lgan vazn toifasida beshinchi natijani qayd etgan edi. Biroq, qayta tekshiruvdan so'ng, mukofotlar qayta taqsimlandi. SHunday qilib, Marina SHkermankova va Dina Sazanovec taqiqlangan moddalarni istemol qilganlikda ayblandi. Keyinchalik ularning natijalari bekor qilindi va Nurmuhambetova rasman 2012 yilgi Olimpiya o'yinlarining bronza medali sovrindoriga aylandi.
2020 yilda esa Olimpiadaning kumush medalini qo'lga kiritgan ruminiyalik Roksana Kokosning namunasida ham doping izlari topilgani malum bo'ldi. Uning kumush medali qaytarib olindi va Londonda ko'rsatilgan natija bekor qilindi.
Mukofotlarni qayta taqsimlashdan so'ng, Anna Nurmuhambetova 2012 yilgi o'yinlarda kumush sohibi bo'ldi. Bronza esa kolumbiyalik Ubaldina Vallesga nasib etdi.
Fikrlar