21 iyu 10:19
Yangiliklar
Tennis

Qozog'istonlik tennischi Swiss Open Gstaad chempioni!
SHveycariyaning Gshtaad shahrida tennis bo'yicha ATP 250 toifasiga kiruvchi turnir yakuniga etdi.
Musobaqa bosh sovrini qozog'istonlik Aleksandr Bublikka nasib qildi. Dunyoning 34-raketkasi bo'lib kelgan Bublik hal qiluvchi final uchrashuvida ATP reytingida 109-pog'onada borgan argentinalik Xuan Manuel Serundoloni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 4/6, 6/3.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrshuvi bo'ldi. Ikki soatu etti daqiqa davom etgan final bahsida Bublik 13, Serundolo esa bor yo'g'i 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Bublik faoliyatidagi oltinchi, bu yilgi mavsumdagi ikkinchi sovrinini qo'lga kiritdi.
EFG Swiss Open Gstaad turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Bublikka 250 reyting ochkosi hamda 90 675 evro mukofot puli keltirdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar