09 noy 08:23
Yangiliklar
Qozog'istonlik tennischi WTA Finals chempioni!
Musobaqa bosh sovrini qozog'istonlik tennis malikasi Elena Ribakinaga nasib etdi. U hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning birinchi raketkasi, belaruslik Arina Sobolenkoni 6/3, 7/6(0) hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida hamon Arina oldinda bormoqda - 10:7.
Bir yuz sakkiz daqiqa davom etgan final bahsida Ribakina 13, Sobolenko 5 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxato va breyklar Elenada ko'proq bo'ldi 2 ga 0 va 1 ga 0 ko'rinishlarida.
Ribakina faoliyatida ilk bor WTA Finals bosh sovriniga ega chiqdi. Bu uning faoliyatidagi 11, joriy mavsumdagi 3-sovrini bo'ldi. Elena ushbu muvaffaqiyati ortidan 5 million 325 ming AQSH dollar miqdoridagi mukofot pulini qo'lga kiritdi. U yangilangan reytingda dunyoning beshinchi raketkasiga aylanadi.





Fikrlar